logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:31
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Konferentsiyalar ligasi. Guruh bosqichi qur'asi haqida batafsil ma'lumot

 27 AVGUST, 10:05 65

.

Bugun Konferentsiyalar ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlanadi. Qur'a marosimi haqida batafsil ma'lumot berib o'taamiz.

Qachon?
Qur'a tashlash marosimi 27 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 16:30da boshlanadi. Tadbir Istanbulda bo'lib o'tadi.

Kimlar ishtirok etadi?
Yangi tashkil etilgan ushbu musobaqaning guruh bosqichida 32ta jamoa ishtirok etadi. Jamoalar quyidagi tartibda guruh bosqichiga etib kelishdi:

5ta klub saralash bosqichi orqali (Chempionlar yo'li)

"Bude-Glimt" (Norvegiya)
"Qayrat" (Qozog'iston)
"Linkoln Red Imps" (Gibraltar)
"Makkabi" Xayfa (Isroil)
"Flora" (Estoniya)

17ta klub saralash bosqichi orqali (Liga vakillari yo'li)

"Anortosis" (Kipr)
"Bazel" (Shveytsariya)
"Vitess" (Niderlandiya)
"Gent" (Belgiya)
"Qorabog'" (Ozarboyjon)
"Kopengagen" (Daniya)
LASK (Avstriya)
"Makkabi" Tel-Aviv (Isroil)
PAOK (Gretsiya)
"Partizan" (Serbiya)
"Renn" (Frantsiya)
"Roma" (Italiya)
"Tottenxem" (Angliya)
"Union Berlin" (Germaniya)
"Feyenoord" (Niderlandiya)
TsSKA Sofiya (Bolgariya)
"Yablonets" (Chexiya)

10ta klub Evropa ligasi saralash bosqichidan chiqib ketgani tufayli

"Alashkert" (Armaniston)
"Alkmaar" (Niderlandiya)
"Zarya" (Ukraina)
"Mura" (Sloveniya)
"Omoniya" (Kipr)
"Randers" (Daniya)
"Slaviya" (Chexiya)
"Slovan" (Slovakiya)
XIK (Finlyandiya)
ChFR (Ruminiya)

Savatchalar

Qur'adan oldin jamoalar UEFA klublar reytingi asosida 4ta savatchaga quyidagicha taqsimlanishgan:

1-savatcha: "Roma" (Italiya), "Tottenxem" (Angliya), "Bazel" (Shveytsariya), "Slaviya" Praga (Chexiya), "Kopengagen" (Daniya), "Gent" (Belgiya), AZ (Niderlandiya), LASK (Avstriya).

2-savatcha: "Feyenoord" (Niderlandiya), "Qorabog'" (Ozarboyjon), "Makkabi" Tel-Aviv (Isroil), PAOK (Gretsiya), "Renn" (Frantsiya), "Partizan" (Serbiya), ChFR (Rumiiniya), "Zarya" (Ukraina).

3-savatcha: "Union" (Germaniya), TsSKA Sofiya (Bolgariya), "Vitess" (Niderlandiya), "Slovan" Bratislava (Slovakiya), "Yablonets" (Chexiya), "Alashkert" (Armaniston), "Flora" (Estoniya), "Qayrat" (Qozog'iston).

4-savatcha: "Linkoln" (Gibraltar), "Randers" (Daniya), "Anortosis" (Kipr), XIK (Finlyandiya), "Makkabi" Xayfa (Isroil), "Bude-Glimt" (Norvegiya), "Mura" (Sloveniya), "Omoniya" (Kipr).

Qur'a mexanizmi
Qur'a jarayonida final uchrashuvi elchisi Lorik Tsana va maxsus mehmon Nixat Qaxveji ishtirok etishadi.

Bir guruhda bir mamlakatning ikki jamoasi ishtirok etishi mumkin emas. Boshqa cheklovlar haqida qur'a jarayonida ma'lum qilinadi.

Marosimda Evropa ligasi mavsum-2020/21ning eng yaxshi futbolchisiga sovrin topshiriladi. O'tgan yillarda ushbu sovrinni Romelu Lukaku, Eden Azar, Antuan Grizmann va Pol Pogba qo'lga kiritishgan.

Taqvim

Guruh bosqichi o'yinlari quyidagi sanalarda bo'lib o'tadi:

1-tur: 16 sentyabr
2-tur: 30 sentyabr
3-tur: 21 oktyabr
4-tur: 4 noyabr
5-tur: 25 noyabr
6-tur: 9 dekabr

Musobaqa formati
Guruhlarda jamoalar "uy-safar" tizimida o'zaro 2 martadan to'qnash kelishadi. Guruhda dastlabki 2ta o'rinni egallagan jamoa evrokuboklardagi o'z ishtirokini davom ettirishadi.

1. Guruh g'oliblari Konferentsiyalar ligasi nimchorak finaliga chiqadi.

2. Guruhlarda 2-o'rinni egallagan klublar Evropa ligasi guruh bosqichida 3-o'rinni band etgan jamoalar bilan pley-off bosqichida ishtirok etishadi. Unda g'olib chiqqan klublar esa o'z ishtirokini Konferentsiyalar ligasi nimchorak final bosqichida davom ettirishadi.

Final
Konferentsiyalar ligasining ilk finali 2022 yilning 25 may kuni Albaniyaning Tirana shahridagi "Milliy" stadionda o'tkaziladi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR