«Barselona»ning uch nafar etakchi yarim himoyachisi guruh mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda
17 SENTYABR, 2024, 16:06
«Barselona» safida jarohatidan forig' bo'layotgan bir qator futbolchilar jamoaviy mashg'ulotlarga qaytgan.
Jurnalist Viktor Navarroning xabariga ko'ra, bugungi umumiy guruh mashg'ulotlarida Fermin Lopes, Gavi va Frenki de Yong ishtirok etmoqda.
Ular 19 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan «Monako»ga qarshi o'yinda katta ehtimol bilan ishtirok etmaydi, ammo La Ligadagi navbatdagi bahsga tayyor bo'lishi mumkin.