logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 06:53
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
"Chelsi" himoyachisi Kurt Zuma faoliyatini "Vest Xem"da davom ettiradi

 27 AVGUST, 08:55 54

.

Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, "Chelsi" futbolchi Kurt Zumani 30 million evroga sotishga rozi bo'lgan. Manbaga ko'ra, tomonlar kelishuvga erishgan va hozirda kerakli hujjatlarni imzolashmoqda.

Qizig'i shundaki, oldinroq Frantsiyaning TF1 telekanali himoyachining "Vest Xem"ga o'tishi muvaffaqiyatsiz bo'lgani haqida xabar bergan edi.

26 yoshli frantsuz futbolchisi joriy mavsum "Chelsi" safida 1ta o'yin o'tkazdi. U o'tgan
mavsumda 36ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urgandi. Transfermarkt portali uni 32 million evroga baholamoqda.

Avvalroq, frantsuz himoyachisiga "Tottenxem" qiziqayotgani haqida xabar berilgandi. Zuma "Chelsi" safiga 2014-yilda "Sent-Eten" klubidan qo'shilgan. Bu vaqt ichida himoyachi "Stok Siti" va "Everton"da ijarada o'ynashga ham ulgurdi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR