"Lill" ustozi: "Ertangi bellashuvda "Sporting" favorit"
17 SENTYABR, 2024, 15:06
EChLning 1-tur doirasida "Sporting" o'z maydonida "Lill" jamoasini qabul qiladi.
Mehmonlar bosh murabbiyi Bryuno Jenezo ushbu bellashuv oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Menimcha, "Sporting" favorit. Ularda Dekeresh kabi futbolchilar bor, ular tezda Evropaning eng yaxshi hujumchilaridan biriga aylanib bormoqda. Portugaliya chempionati Frantsiyadan kuchsizroq deyish mumkinmi, bilmayman. Men bilganim shuki, Portugaliyaning eng yaxshi jamoalari doimo Chempionlar ligasida o'ynaydi" - dedi Jenezo.