logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:31
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Piter Xyuistra: «Bugun g'alabaga to'liq haqli edik va jamoa juda yaxshi o'ynadi»

 27 AVGUST, 07:05

"Paxtakor" bosh murabbiyi AGMK bilan bahsdan keyin o'yin xususida fikrlarini bildirdi.

- Bugun oldingi o'yinlarga nisbatan yaxshiroq to'p tepdik. Kuchli raqibga qarshi futbolchilar o'zlarini ko'rsata olishdi. Katta ishtiyoq ko'rsatishdi. Ular yana harakatlariga qo'sha olishadi. Mazkur g'alaba chempionlik sari qo'yilgan katta qadam hisoblanadi.

Futbolchilar kuchli raqibga o'zlarini ko'rsatish uchun ham boshqacha ishtiyoq bilan to'p tepishadi. Bu ko'proq ruhiy tomonga bog'liq. Yaxshi saviyadagi futbolchilar doim bunday raqiblar bilan bahslarda harakatlarini kuchaytirishadi.

Futbolda bitta golga ham, to'rtta golga ham uch ochko beriladi. Hozirga kelib biz eng yaqin ta'qibchimizni 14 ochkoga ortda qoldirdik. Har doim ham bir xil o'ynashning iloji yo'q. Futbolchilar ham inson. Yuqoriga ko'tarilish yoki pasayish bo'ladigan holat. Muxlislarning yo'qligi ham futbolga ta'sir qiladi. O'yinchilar boshqacha to'p tepadi. Tez orada kasallik kamayishini, ishqibozlar stadionlarga qaytishlarini istayman.

A'zamov eng yaxshi ko'rgan futbolchilarimdan biri. Bizning o'yin falsafamizga to'liq mos tushadi. Juda ko'p himoyachilar to'pni oldinga tepib yuboradi. Sherzod esa aql bilan qaror chiqaradi. Pozitsion hujumlarni yaxshi boshlay oladi. U bitta xato qilsa ham o'zini yo'qotib qo'ymaydi. Endi har bir murabbiyning o'z qarashlari bor. Balki Srechko Katanets terma jamoaga chaqirar. U ikki bor o'yinimizni, mashg'ulotlarimizni kuzatdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR