"Roma" futbolchisi klubni sudga bermoqchi
17 SENTYABR, 2024, 14:54
"Roma" yarim himoyachisi Nikola Zalevski diskvalifikatsiyasi sababli klubni sudga berishi mumkin, deb yozadi Nikolo Skira.
Oldinroq 22 yoshli Zalevski rimliklar bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgani va "Galatasaroy" bilan muzokara olib borayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi. Shundan so'ng, "Roma" bosh murabbiyi Daniele de Rossi klub bir qarorga kelganini va futbolchini diskvalifikatsiya qilganini aytdi.
Nikola “Roma”dan uni zudlik bilan tarkibga qaytarishni talab qildi, biroq klub ikkilanib qoldi. Agar bu amalga oshmasa, polshalik futbolchining agentlari futbolchini majburan qaytarish uchun "Roma" ustidan sudga murojaat qilishga tayyor.
Zalevski "Roma" tarbiyalanuvchisi, u 2018 yildan beri klubda. Joriy mavsumda yarim himoyachi 5 uchrashuvda 1 ta gol urdi.