logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Kamshibek Konkabaev va yana ikki taniqli qozoq bokschisi o'z vaznini o'zgartiradi

 17 SENTYABR, 2024, 13:00

Bu haqda Qozog'iston boks terma jamoasi bosh murabbiyi etib qayta tayinlangan Qayrat Satjanov malum qildi.

"Osiyo chempionatiga eng kuchli bokschilarni yuboramiz. Ulardan bazilari qita miqyosidagi musobaqalar arafasida vazn toifasini o'zgartiradi.

Kuchli deb topilgan bokschilarga ustunlik beramiz: 48 kilogrammgacha vazn toifasida Sanjar Tashkenbay va Temirtas Jusupov, shuningdek, 51 kilogrammgacha bo'lgan vaznda Saken Bibosinov va Damir Abdixoliqov.

Mahmud Sabirxan 54 kg vazn toifasida o'zini sinab ko'rishini malum qildi. Serik Temirjonov 60 kilogrammgacha bo'lgan vaznda, Aybek Oralbay esa 92 kilogrammdan yuqori vazn toifasida ishtirok etadi.

Kamshibek Konkabaevning vaznini ham kuzatib boramiz. Biz uni 92 kggacha yoki undan yuqori bo'lishi mumkin bo'lgan vaznga kiritamiz. Bularning barchasi yaqin kunlarda malum bo'ladi", dedi Satjanov.

Malumot o'rnida, Parij Olimpiadasida Mahmud Sabirxan 57 kg, Aybek Oralbay 92 kg, Kamshibek Konkabaev esa +92 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda ishtirok etgan edi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ