logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 02:39
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
"Chelsi" hujumiga qarshi "Liverpul" himoyasi qanday qilib qarshilik ko'rsatadi?

 26 AVGUST, 21:20 147

.

Kelayotgan uchinchi turda, APL bahslari bir-biridan qiziq bahslarga boy bo'lishi kutilmoqda. Xususan, "Manchester Siti" "Arsenal"ni, "Liverpul" esa "Chelsi"ni mehmon qiladi. Ushbu o'yinlar markaziy maqomida bo'lishi shubhasiz, albatta. Bu ikki o'yinning nisbatan teng kuchli raqiblar o'rtasida kechadigani esa London va Liverpul shahri jamoalari to'qnashuvi. Bu qarama-qarshilikning e'tiborli jihati shundaki, unda yana "aristokratlar"ning yangi hujumchisi Lukaku harakat qilishi kutilmoqda va u mutlaqo yangicha uslub egasi. Bunga Klopp shogirdlari, xususan jamoa himoyasi qanday javob beradi? Mudofaada belgiyalikka qarshi biror reja o'ylanganmi? Mana shu kabi savollarga futbol mutaxassislari "Sky Sports" telekanali sharhlovchisi Gari Nevill hamda Jeymi Karrager o'z fikrlarini bildirishdi. Ushbu munozaradan eng muhim qismlarini pastda e'tiboringizga havola etamiz.

 

Nevill: "Biz "Brenford"ni "Arsenal"ning himoyasini rasvo qilganini ko'rgan edik. Bilamizki, Lukaku juda xavfli hujumchi va o'tgan hafta uning bir o'zi aynan shu ishni amalga oshirdi. U raqib jamoa darvozasi tomon yolg'iz to'p bilan kirib bora oladi va hayratlanarlisi, uni hech kim to'xtata olmaydi. "Arsenal"ga qarshi aynan shu hodisa yuz berdi. Men o'yinni kuzatar ekanman, Pablo Marini juda ham qiynalganiga guvoh bo'ldim. Ochig'i unga biroz rahmim ham keldi. U tajribali futbolchi, lekin bu narsa Lukakuga qarshi ish bermadi. Romelu old chiziqda o'ta mardonavorligi bilan ajralib turdi. Unga qarshi o'ynagan himoyachilarga imkoniyat bermay, o'z o'rnini juda tez o'zgartirdi. Undan xavfsiragan yarimhimoyachilar ham yaqin o'yin ko'rsatishdi. Lekin foydasi yo'q edi. Uning o'zi "Arsenal" himoyachilarini dovdiratib tashladi. Shu yo'sinda hujumchi raqib jarima maydonchasiga chuqurroq kirib boraverdi. Bu esa barcha himoyachilarni unga o'ynashga majbur qildi. O'ylangan rejalar ish berib, Lukaku faktori boshqa futbolchilarni yaxshi pozitsiya uchun imkoniyatlar yaratilishiga sabab bo'ldi. Xullas, Lukaku keyingi o'yinda raqiblar uchun o'rganilishi kerak bo'lgan asosiy obektga aylangan".

Karrager: " Shubhasiz, bunday voqealarni "Liverpul" kuzatib turibdi. O'yin oldidan klub albatta Lukakuning harakatlarini sinchiklab o'rganadi. Aytish joizki, ayni damda Lukakuga qarshi duelga chiqish oson emas. U istalgan himoyachi bilan birga-bir qolganida jismoniy tomondan ustunlik qila oladi. To'p undaligida, hech kim unga yaqinlasha olmayapti. Bundan ko'rinadiki, muammoga kompleks yondashish lozim. Lukakuda ajoyib markaziy hujumchi ruhiyati mavjud. Aynan mana shu tomonlari bilan "Arsenal"ning markaziy mudofaasini, jumladan Pablo Marini imkonsizlantirgan edi. Uning eng xavfli tomoni sifatida to'pni o'ng oyog'idan chapiga o'tkazishini ko'rsatish mumkin. Agar uning chap oyog'iga to'p to'g'irlansa, darvozaboningiz katta muammo bo'sag'asida qoldi deb hisoblayvering".
"Chelsi" "Enfild"ga tashrif buyurganida duch keladigan muammoli vaziyati Lukaku uchun tezda echim topishdir. Nevillning fikricha, agar maydonda bitta xavf bo'ladigan bo'lsa, u ham Lukaku bo'ladi.

 

Nevill: "Ikkinchi turdagi London derbisida "Arsenal"ning mag'lubiyatiga eng katta sabab — bu ularning Lukakuga etarlicha e'tibor qaratmaganligida. Ular Kai Havertz, Meyson Mount kabi o'yinchilarni zararsizlantirishga intilib, Lukakuni eplay olmadilar. Chunki Tuxel tomonidan belgiyalikka aniq vazifa yuklatilgan edi va u bu vaziani qoyilmaqom qilib bajardi. Bir so'z bilan aytganda, jamoa xiylasi ish berdi deyish mumkin. Men "Arsenal"ni to'pga egalik qila olmaganiga, ayniqsa hayron qoldim. Bu ham Arteta jamoasining himoyada tutgan yo'li bilan bog'liq edi. Oqibatda, Kovachich hamda Jorjinolar umumiy o'yinni boshqarishdi. "Liverpul" va Klopp shundan xulosa qilgan holda, boshqacharoq yo'l tutadi deb o'ylayman. Ular yuqori bosim qila turib, himoyada Lukakuni bog'lab tashlashi kerak. Bunda mersisaydliklarning katta yutug'i bor. Agar Yurgen undan foydalana olsa, "Chelsi" o'ylangan joyida tutilishi aniq. Romelu Lukaku bilan har tomonlama tengma-teng kurashishga qodir Virjil van Deykning maydonga qaytganligi, o'yin hisobini oldindan tahmin qilishni murakkab ishga aylantiradi".

APLning uchinchi turidan o'rin olgan "Liverpul" hamda "Chelsi" o'rtasidagi bahs shanba, 28 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 21:30da start oladi.

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR