Eberl: "Kompani - "Bavariya" uchun yaxshi murabbiy"
17 SENTYABR, 2024, 12:48
"Bavariya" sport direktori Maks Eberl jamoa bosh murabbiyi Vensan Kompani haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" belgiyalik mutaxassis qo'l ostida mavsumni ishonchli boshladi. Jamoa ayni damda Bundesliga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
“Kompani - “Bavariya” uchun yaxshi murabbiy. U nima istayotganini aniq biladi va tashqarida sodir bo'layotgan narsalarga e'tibor qilmaydi. Vensan ham insoniy nuqtai nazardan juda yaxshi, chunki unda empatiya hissi bor. "Bavariya" so'nggi yillarda turg'un va bir joyda qolib ketdi, shuning uchun biz vaziyatni o'zgartirib, yangi narsani sinab ko'rmoqchi bo'ldik", - deya Eberlning so'zlarini keltiradi BR 24.