logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 19:51
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari
Rasman! Ibrohimhalil Yo'ldoshev Rossiya klubiga o'tdi

 26 AVGUST, 18:10 79

.

"Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi Ibrohimhalil Yo'ldoshev faoliyatini Rossiya Premer-ligasida davom ettriradi.

"Paxtakor" va "Nijniy Novgorod" klublari futbolchini Rossiyaga transfer qilish borasida kelishuvga erishdi. Yo'ldoshev "Sherlar" tarkibida jami 18 o'yinda 2 gol urgan.

Futbolchining o'zi "Paxtakor" bilan xayrlashishi haqida ushbu fikrlarni bildirdi.

- Assalomu alaykum. Faoliyatimda yangi bosqich boshlanmoqda. Rossiyaning "Nijniy Novgorod" jamoasiga o'tyapman. Bu men uchun yangi sinov. O'zim uchun oson bo'lmagan qarorga keldim, ammo bu faoliyatimni davom ettirish uchun uning to'g'ri ekaniga ishonaman. Hozir menga jahondagi eng ajoyib muxlislar sanalgan "Paxtakor" ishqibozlarining qo'llab-quvvatlashi har qachongidan ham zarur. Toshkentda sizlarning qo'llashingizni his qildim. Va uni qadrdon O'zbekistondan minglab kilometr uzoqda ham his qilaman. Barchasi uchun rahmat! G'amxo'rligi uchun klub rahbariyati, murabbiylar shtabi, barcha xodimlar, jamoadoshlarim, do'stlarim va akademiyada menga katta futbolga yo'l bergan murabbiylarimga minnatdorchilik bildiraman. "Paxtakor"dagi yillar men uchun eng yaxshi davrga aylandi. Ko'magingizni doim yodda tutaman va bir kun kelib qadrdon jamoamga qaytishimga ishonaman.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR