logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Ter Shtegenning debyutiga 10 yil bo'ldi

 17 SENTYABR, 2024, 11:42

Mark Andre ter Shtegenning bugun "Barselona"dagi ilk o'yiniga 10 yil to'ldi. U klubdagi debyutini 2014 yilning 17 sentyabrida Chempionlar ligasi doirasidagi APOEL Nikosiyaga qarshi o'yinda o'tkazgan.

10 yil ichida u "Barsa" tarkibida 418 ta o'yin o'tkazib, klub tarixidagi eng ko'p o'yin o'tkazgan 12-o'yinchiga aylandi.

418 uchrashuvdan 278 g'alaba, 75 durang va 65 mag'lubiyat qayd etgan. U 175 marta o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan va 409 ta gol o'tkazib yuborgan. Shuningdek, u 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

U "Barselona" safida 16 ta sovrin yutgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ