logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:32
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Mbappe Madridga ko'chsa, «katta muammo»ga duch keladi

 26 AVGUST, 17:05 501

.

Yaqindagina «Real Madrid» Kilian Mbappe uchun «PSJ»ga rasmiy taklif bilan chiqqani oshkor qilindi. Unda qirollik klubi frantsuz yigiti uchun 160 million evro bera olishi aytilgan. Klub 22 yoshli hujumchini uzoq yillardan beri ta'qib qilib kelmoqda. Ammo u bilan kelishishni imkoni bo'lmayotgan edi. Ayniqsa, bu xohish Ronalduning ketishidan keyin juda ham kuchayib ketdi. Jamoaning so'nggi bor 2018 yilda Evropa chempioni bo'lgani ham unga Mbappening qanchalik kerakligini anglatadi. Ammo hammasi 2018 yildan keyin boshlandi. Klub ishlari portugaliyalikdan keyin ortga ketdi. Ular Evropada va Ispaniyada chempion bo'lishga qiynalishdi. Shu sabab prezident Florintino Perez yangi jamoa qurishda aynan Mbappe faktorini markazga olib kelish niyatida. Agar atigi 5 kunlik muddat ichida qirollik klubi Mbappe masalasini ijobiy hal eta olsa, bu Messining «PSJ»ga o'tishidan keyingi eng katta shov-shuvli voqea bo'ladi.

 

Bu narsa, eng avvalo butun dunyodagi «Real» muxlislari, qolaversa ko'plab betaraf tomoshabinlarga Mbappe nomi tushirilgan jamoa libosini sotib olish imkoniyatini taqdim etadi. Mbappe transferi amalga oshadi. Ammo mana shu erga kelganda frantsiyalik orzumand bolakay o'zining yangi jamoasidagi ilk «muammo»siga duch keladi. Negaki, shu kecha-kunduzda jamoaning asosiy tarkibi futbolchilar bilan to'lgan va u uchun bo'sh raqam mavjud emas. Shu sabab klub Mbappe imzosiga erishishdan oldin klubdan kimnidir «badarg'a» qilishi lozim. Bu ish esa oson bo'lmasligi aniq. Qolaversa, turnir reglamentiga binoan bu borada ma'lum cheklovlar o'rnatib qo'yilgan.

 

La liga qoidalarida aytilishicha, turnir ishtirokchisi bo'lgan har bir klub, asosiy tarkib futbolchilarini 1 dan 25 gacha bo'lgan raqamlar bilan ta'minlashi kerak. Ular ichida 1, 13 hamda 25 raqamlar darvozabonlar uchun tegishli bo'ladi. Shuningdek, 26 dan 50 gacha bo'lgan raqamlar ham taqilishi mumkin, ammo ularni faqat ikkinchi tarkib futbolchilari, jumladan jamoaning «B» qismidan ko'tarilganlarga berilishi belgilangan. 2021-22 yilgi mavsumning ikki turi ortda qolar ekan, klubning har bir o'yinchisi 25 gacha raqamga egalik qilib bo'lgan. Asosiy tarkib futbolchilari allaqachon o'zining maksimum sig'imida turibdi. Hatto, «Arsenal»dan qaytgan Dani Sebalyos uchun raqam yo'qligi tufayli, unga haligacha rasman raqam tanlovi imkoniyati berilmadi. Nima bo'lganda ham Mbappe katta ehtimol bilan o'zining eski jamoasidagi raqami 7 ni tanlashni istaydi. Bu raqamda bir paytlar afsonaviy Raul hamda Krishtianu Ronaldular harakat qilgan edi.

 

Hozir esa vaziyat o'zgardi. Bu raqam endilikda o'z sport formasiga qaytayotgan Eden Azarga tegishli. Frantsuz uchun yana bir variant o'ninchi raqam dersiz, ammo unda 36 yoshli faxriy futbolchi Luka Modrich harakat qiladi. Juda murakkab masala...
Agar Kilian bu yozda «Real»ga qo'shilsa, u holda unga raqam berishda birdan bir imkoniyat mavjud bo'ladi. U ham bo'lsa, jamoaning ayrim asosiy tarkib futbolchilarini ijaraga berish yoxud sotib yuborish. Shunday varinatlardan bir nechtasini aytishimiz mumkin. Ketish uchun birinchi nomzod – bu Luka Yovich. U o'tgan mavsumda ham ijarada edi va mavsumning dastlabki ikkita o'yinida bor-yo'g'i 9 daqiqa maydonda harakat qildi. Uning o'rni bo'shashi, 16-raqamni vujudga keltiradi. Mos ravishda, hujumchi Mariano Diazning sotilishi esa 24-raqamni paydo qiladi. Yana Isko varianti ham borki, 22-raqam Mbappe uchun nisbatan qoniqarli tanlov deya olamiz. So'nggi, ammo klubdan ketishi borasida gap-so'z bo'lishi mumkin bo'lmagan variant ham mavjud: uelslik Garet Beyl «Tottenxem»dan qaytgach, yana 18-raqam egasiga aylandi. Uni shaxsan Karlo Anchelottining o'zi olib qolgan. U allaqachon La liganing ikkita turida ishtirok etib, gol urishga ham ulgurdi. Xullas, masala biroz chigal. O'ylab ko'rilishi kerak bo'lgan tomonlari bor. Ammo 160 million harajat qilinayotgan futbolchi uchun oddiy raqam topib bera olmaslik, odamga g'alati va kulgili tuyulishi tabiiy. Harxolda, «Real»ning kelajagi Mbappe o'yinlari asosiga qurilishi rejalashtirilgan...


Ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR