Lunin o'zi iltimos bilan chiqsa, «Real» uni qo'yib yuborishi mumkin
17 SENTYABR, 2024, 10:36
Ukrainalik darvozabon Andrey Lunin shartnoma uzaytirilganiga qaramay, kelasi yili «Real»ni tark etishi mumkin.
Agar katta klubdan taklif tushsa va darvozabon uni ko'rib chiqish iltimosi bilan «Real Madrid»ga murojaat qilsa, Madridliklar transfer imkoniyatini o'rganib chiqadi.
26 yoshli Andrey bir necha kun oldin 2030 yilgacha yangi shartnoma imzolagandi.