logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

SHaxmat Olimpiadasi. Bugun dam olish kuni, ertaga o'tkaziladigan 7-turdagi raqiblarimiz hamda juftliklar malum

 17 SENTYABR, 2024, 09:16

Xabaringiz bor, shu kunlarda Vengriya poytaxti Budapesht shahri 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qilmoqda.

Dunyoning ikki yuzga yaqin davlati terma jamoalari qatnashayotgan nufuzli musobaqada bugun dam olish kuni sifatida elon qilingan. Ertaga esa 7-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Amaldagi Olimpiada chempioni hisoblangan O'zbekiston erkaklar terma jamoasi ertaga Ukrainaga qarshi bahs olib boradi. Ertangi raqiblarimiz ham biz singari 5 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etishgan. 

Ukraina 1-turda Tunis terma jamoasini 4:0, 2-turda Urugvayni 3,5:0,5, 3-turda Avstraliyani 2,5:1,5, 4-turda ancha kuchli hisoblangan AQSHni 2,5:1,5 hisobida taslim etdi. Beshinchi turda Vengriyaga 1,5:2,5 hisobi bilan yutqazdi, kecha o'tkazilgan 6-turda esa CHernogoriyadan 2,5:1,5 hisobida ustun keldi. 


Jami 184 ta terma jamoa qatnashayotgan ayollar o'rtasidagi musobaqada Aleksey Dreev murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi ham muvaffaqiyatli odimlamoqda. Qizlarimiz ilk turda Gaiti davlati shaxmatchilarini 4:0, 2-turda Angolani 3:1, 3-turda esa ancha kuchli hisoblangan mezbon Vengriya terma jamoasini 2,5:1,5, 4-turda tarkibida jahon chempioni bo'lgan Bolgariyani 2,5:1,5 hisobida engishdi. Beshinchi turda tarkibida uch nafar grossmeysteri bor, Butunjahon shaxmat Olimpiadasining amaldagi vice-chempioni Gruziyaga 1,5:2,5 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Kecha esa Niderlandiya bilan 2:2 hisobidagi jangovar durangga imzo chekishdi. 


Ertangi raqiblarimiz Greciya terma jamoasi ham biz singari 4 g'alaba, 1 durang va 1 mag'lubiyatga ega bo'lib turibdi. Olimpiada vatani vakillari 1-turda Maltani 3,5:0,5, 2-turda Portugaliyani 3:1 hisobida mag'lub etishdi. Uchinchi turda Polsha bilan murosaga kelishdi - 2:2. 4-turda Gruziyaga 1:3 hisobida mag'lub bo'lishdi. Keyin esa Meksika va Kolumbiya terma jamoalarini bir xil 3:1 hisobida taslim etishdi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ