"Udineze" uzoq yillik tanaffusdan so'ng yana A Seriya peshqadamligiga qaytdi
17 SENTYABR, 2024, 09:06
“Udineze” to'rt turdan so'ng A Seriyaning yakka peshqadami bo'ldi.
Kosta Runyanich shogirdlari Italiya chempionatida uchta g'alaba va bir durang o'ynagan. Bugun ular o'yinning 43-daqiqasida 0:2 hisobida mag'lub bo'layotgan vaqtda "Parma"ni 3:2 hisobida mag'lub etishdi.
Endi ularda 10 ochko bor. Turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turgan “Napoli” hisobida 9 ochko bor.
Oxirgi marta 2011/12 yilgi mavsumda “Udineze” turnir jadvalida yakka etakchilik qilgandi. O'shanda klub 15 ochko to'pladi va dastlabki ettita o'yinda mag'lub bo'lmadi va o'sha davr mobaynida faqat bitta gol o'tkazib yubordi.