logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:23
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Keyn "Tottenxem" rahbariyatiga shart qo'ydi. U Angliyadagi eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylanishi mumkin

 26 AVGUST, 13:50

"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn kecha instagramdagi sahifasi orqali "shporlar" safida qolishini ma'lum qildi. London nashrlarining ma'lum qilishichaa, buning uchun hujumchi Angliya chempionatida eng ko'p maosh oladigan futbolchi bo'lishni xohlamoqda.
Keyn "shporlar" rahbariyatidan haftasiga 400 ming funt maosh talab qiladi. Ayni paytda "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne haftasiga 385 ming funt sterling bilan chempionatda eng ko'p maosh oladigan futbolchi bo'lib turibdi.
Qayd etilishicha, Harrining talabiga London klubi rahbariyati aniq fikr bildirmagan. Ma'lum bo'lishicha, klub yaqin vaqt ichida Keynning istagiga o'z pozitsiyasini bildiradi.

Ma'lumot o'rnida, joriy mavsum transferlar oynasi vaqtida angliyalik hujumchi jamoadan ketmoqchiligini ma'lum qilgan. Unga asosiy xaridor "Manchester Siti" edi. Biroq, "Tottenxem" prezidenti Daniel Levi futbolchini sotmasligini ma'lum qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR