Rabo "Marsel"ga o'tish qarorini tushuntirdi
17 SENTYABR, 2024, 08:42
Yarim himoyachi Adrien Rabo “Marsel” bilan shartnoma imzolash uchun Frantsiyaga uchib ketdi.
Seshanba oqshomida klub "Yuventus"ning sobiq futbolchisi bilan tibbiy ko'rikdan o'tganidan so'ng kuchga kiradigan kelishuvni e'lon qildi.
"Bu erda juda ko'p muxlislarni ko'rishni kutmagandim. Avvaliga o'tish dargumondek tuyuldi, lekin men loyihani Mehdi Benatiya bilan ko'p muhokama qildim, men rozi bo'lgunimcha Roberto de Zerbi bilan ham muzokaralar bo'lgan. Maqsadimiz chempionlar ligasiga qaytish uchun g'alaba qozonish. Men birinchi mashg'ulotimni o'tkazishni va "Velodrom"da intizorlik bilan kutyapman", dedi 29 yoshli frantsuz.