logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:43
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

«Barselona» posboni La Liganing boshqa klubiga o'tishi mumkin

 26 AVGUST, 12:15

Kataloniyaning «Barselona» klubi darvozaboni Neto faoliyatini Ispaniyaning boshqa jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda A Bola nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, «Vilyarreal» rahbariyati 32 yoshli darvozabon xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. «Sariq suv osti kemasi» transfer narxini pasaytirish uchun o'z futbolchilaridan birini bitimga qo'shishga tayyor.

Netoning o'ziga kelsak, darvozabon klubini o'zgartirishga tayyor. U ko'proq o'yin amaliyoti xohlaydi.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida braziliyalik kiper asosiy darvozabon Mark-Andre ter Shtegen jarohati tufayli ikkita uchrashuv o'tkazdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR