logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:42
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
«Har doim yuqori darajadagi jamoada o'ynashni xohlaganman». «Roma» Eldor Shomurodov ishtirokida matbuot anjumani o'tkazdi

 26 AVGUST, 09:35 42

.

«Roma» jamoasi Eldor Shomurodov ishtirokida matbuot anjumani o'tkazdi. O'zbekistonlik futbolchi jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

Katta klubga 26 yoshida kelib qo'shilgani haqida

Avvalo aytishim kerakki, men yildan yilga rivojlanishga, o'zimning eng yaxshi xislatlarimni namoyon etishga harakat qilyapman. Har doim yuqori darajadagi jamoada o'ynashni xohlaganman. Ozroq kech bo'lsa ham o'z maqsadimga erishdim. Bu erga yaxshi jihatlarimni namoyish etish uchun keldim. Jamoa bilan qandaydir sovrin qo'lga kiritmoqchiman.

Abraham bilan birga o'ynay olishi haqida

Bungacha qanot hujumida va markaziy hujumda o'ynaganman, shuning uchun ikkala pozitsiyada ham o'zimni yaxshi his qilaman. Albatta, Abraham bilan birga o'ynay olamiz. Asosiysi, g'alaba qozonish va jamoaga yordamimiz tegishi.

Yangi jamoasidagi maqsadlari haqida

Boya aytganimdek, bungacha faqat o'z maqsadimga erishish haqida o'ylaganman va top-jamoaga o'tishni xohlaganman. Bugun men katta jamoadaman. Endi har bir o'yinda g'alaba qozonish va sovrin qo'lga kiritish zarur. Bu erda ko'plab muxlislar bor, ularni xursand qilish kerak. Janob (Mourino) bilan barchasi o'xshaydi va biz sovrin yutamiz, deb o'ylayman.

Joze Mourino bilan qanday aloqalari borligi haqida

Ha, biz ikki yil oldin Joze bilan Moskvada uchrashgandik. Joze «Roma» murabbiyiga aylangach, menga qiziqish bo'layotganini aytishdi. Darhol rozi bo'ldim. Birinchidan, «Roma» — katta jamoa va doim oldiga ulkan maqsadlar qo'yadi. Ikkinchidan, janob (Mourino) dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan biri. Men u kishi bilan ishlashni xohladim. Bu ham Rimga kelishimda katta rol o'ynadi.

Jamoadagi debyuti muvaffaqiyatli chiqishini kutmagani haqida

O'zimni yaxshi jihatlarimni namoyish etishni xohlayman. Bu esa o'ylaganimdan yaxshiroq chiqdi. Shu ruhda davom etish kerak va muxlislarni xursand qilish zarur. Jamoaga g'alabaga erishish uchun yordam berish kerak.

Ma'lumot o'rnida. Eldor Shomurodovni «Jenoa»dan 17,5 million evro evaziga «Roma»ga o'tdi. Shomurodov Rim jamoasidagi rasmiy debyutini Konferentsiyalar ligasida «Trabzonspor»ga qarshi o'yinda o'tkazdi. Dastlabki uchrashuvdayoq Eldor o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. A Seriyada esa «Fiorentina»ga qarshi 1-tur o'yinida Shomurodov golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR