logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 02:08
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Germaniya Kubogi. «Bavariya» quyi liga jamoasiga javobsiz 12 ta gol urdi, Shupo-Motingdan poker (videosharh 18+)

 26 AVGUST, 08:55 91

.

Germaniya Kubogining 1/32 finalidan o'rin olgan o'yinda «Bavariya» mehmonda 5-divizion jamoasi «Bremer»ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvda myunxenliklar raqib darvozasiga javobsiz 12 ta to'p kiritdi. Erik Maksim Shupo-Moting poker qayd etgan bo'lsa, Jamal Musiala dublga erishdi. Malik Tillman, Leroy Sane, Mikael Kyuizans, Buna Sarr va Korenten Tolisso bir martadan raqib darvozasini ishg'ol etdi. Shuningdek, Shupo-Moting o'z hisobida to'rtta golli uzatmani ham yozdirib qo'ydi.

Qayd etish kerak, bu uchrashuv 6 avgust sanasida bo'lib o'tishi kerak edi. Ammo Bremen jamoasi karantinda bo'lgani bois uchrashuv kechiktirilgandi.

Germaniya kubogi, 1/32 final bahsi
25 avgust, chorshanba
«Bremer» — «Bavariya» 0:12
Gollar: 0:1 – 8 Shupo-Moting, 0:2 – 16 Musiala, 0:3 – 27 Varm (avtogol), 0:4 – 28 Shupo-Moting, 0:5 – 35 Shupo-Moting, 0:6 – 47 Tillman, 0:7 – 48 Musiala, 0:8 – 65 Sane, 0:9 – 80 Kyuizans, 0:10 – 82 Shupo-Moting, 0:11 – 86 Sarr, 0:12 – 88 Tolisso.
«Bavariya»: Ulrayx, Nyanzu, Sarr, Richards, Zyule (Richards, 46), Kimmix (Kyuizans, 46), Musiala (Gnabri, 61), Myuller (Tillman, 46), Tolisso, Sane (But, 68), Shupo-Moting.
Chetlatish: Nobil (76).

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR