logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:03
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari
«Real» «Barselona»ga va'da berdi

 26 AVGUST, 08:50 308

.

«Real» klubi «Barselona» yarim himoyachisi Ilaysh Moribaga "ko'z olaytirmaydigan" bo'ldi.

"Diario Sport" tarqatgan xabarga ko'ra, Evropa superligasini tashkil qilish g'oyasi tufayli hamda Laporta "Barsa" boshqaruviga qaytganidan ikki raqib o'rtasidagi munosabat ancha yaxshilangan.

Jamoalar bir-birlarining futbolchilariga shartnoma taklif qilmaslik borasida kelishib olishdi. Ikki tomonni ham qanoatlantiradigan transferlar esa bundan mustasno.

Shu bilan birgalikda, «Real» ma'lum vaqt davomida Moribaga qiziqish bildirganini tan oldi. Endi esa Florentino Peres "ko'k-anorranglilar" prezidentiga futbolchini o'ziga og'dirib olmaslikka va'da berdi.

«Barselona» Moribani faqat xorij klubiga (masalan, «Chelsi» yoki «Leyptsig») sotadi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR