"Manchester Yunayted" yosh vinger bilan shartnomani uzaytirmoqchi
17 SENTYABR, 2024, 07:12
"Manchester Yunayted" vingeri Amad Diallo bilan shartnoma uzaytiriladi.
Kot-d'Ivuarlik bu mavsumda "qizil iblislar"ning asosiy tarkibiga kirdi, u beshta o'yinning to'rttasida maydonga tushdi.
"Manchester Yunayted" 22 yoshli futbolchining shartnomasi har qanday holatda ham uzaytirilishiga qaror qilgan. Agar Diallo yangi kelishuvga erisha olmasa, klub o'yinchining joriy kampaniya oxirida erkin agent sifatida ketishiga yo'l qo'ymaslik uchun joriy shartnomani avtomatik ravishda uzaytirish variantini faollashtiradi.
Amad Diallo beshta o'yinda bitta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.