Noyer: "2012 yilda "Bavariya" ham sovrinsiz qolgandi"
17 SENTYABR, 2024, 07:12
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer 2012 yil voqealarini esladi.
Myunxenliklar 2023/24 yilgi mavsumni birorta sovrinsiz yakunladi. 2012 yilda ham jamoa Chempionlar ligasining o'z uyi finalida "Chelsi"ga mag'lub bo'lgandi. Oradan 13 yil o'tib, 2025 yilning may oyida eng nufuzli evrokubokning hal qiluvchi bahsi yana "Alliants Arena"da bo'lib o'tadi.
"2012 yilda biz sovrinlarsiz qoldik va yaqinda biz yana buni boshdan kechirishimiz kerak edi. Ammo keyin nima bo'lganini hamma eslaydi (2012/13 yilgi mavsumda "Bavariya" barcha sovrinlarni, jumladan, Chempionlar ligasini ham qo'lga kiritdi). Bizda ajoyib motivatsiya bor. Albatta, finalda yana shahrimizda o'ynash ajoyib bo'lardi. Birinchidan, biz Zagrebning "Dinamo"siga qarshi birinchi o'yinda o'z ishimizni qilishimiz kerak", - deydi Noyer.