logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Rezina tana mashg'ulot uskunasi! (new)
Новостная лента

Marsyalning yangi klubidagi maoshi e'lon qilindi

 17 SENTYABR, 2024, 07:00

Gretsiyaning AEK klubi hujumchi Antoni Marsyal bilan shartnoma imzolaydi.

"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi allaqachon Afina klubiga og'zaki rozilik bergan. Jurnalist Sebastyan Denisga ko'ra, o'tish jarayoni 24 soat ichida yakunlanishi mumkin. 28 yoshli futbolchining shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan bo'lib, yiliga 2,5 million evro maosh oladi.

Antoni Marsyal 2015 yildan buyon “Manchester Yunayted”da o'ynab kelmoqda. Oxirgi mavsum yakuniga ko'ra, “qizil iblislar” frantsiyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilishdi. U iyul oyida erkin agentga aylandi.

Marsyal mankunianliklar safida 317 ta o'yinda maydonga tushib, 90 ta gol va 47 ta golga assistentlik qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ