Nacho "Real"dan ketganidan afsusdami yoki yo'qmi degan savolga javob berdi
17 SENTYABR, 2024, 06:54
“Al-Qodisiya” klubi markaziy himoyachisi Nacho Fernandes “Real”ni tark etib, to'g'ri ish qilganiga ishonmoqda.
"Los-Blankos" rahbariyati butun faoliyati davomida klubda to'p surgan sardor bilan shartnomani uzaytirishga tayyor edi, ammo u ketishga qaror qildi. Ispaniyalik futbolchi o'z intervyusida ketishi sabablarini ham aytib o'tdi.
"Real"dan ketishim haqida [mavsum tugashidan bir necha oy oldin] bilardim, klub ham bu haqda bilardi. Bu erga ["Al-Qodisiya"ga] kelganimga bir oy bo'ldi va men hali ham bu to'g'ri qaror deb o'ylayman.
Men hayotimda borimni klubga berganman, bu esa menga xotirjamlik baxsh etadi. Yana bir yil qolishim mumkinmidi? Balki, lekin "Real" bilan xayrlashganim men bilan sodir bo'lgan eng yaxshi voqea", - deya Nachoning so'zlarini keltiradi Relevo.