logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:20
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Ulug'bek Baqoev: «Biz uchun har bir ochko oltinga teng»

 26 AVGUST, 07:20 22

.

Superliganing 16-turidan o'rin olgan «So'g'diyona» - «Qizilqum» (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Turnir jadvalidagi o'rnimizdan olib qaraganda biz uchun har bir ochko oltinga teng. Ko'ryapsizki, barcha jamoalar deyarli teng kuchga ega. Hech bir klub oson mag'lub bo'layotgani yo'q. Har birining maqsadi bor. Jamoam yaxshi va tartibli o'yin ko'rsatdi. Buning uchun ularni tabriklayman. Oldinga intilishda davom etamiz. Tanaffusda etarlicha hordiq chiqarib keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'ramiz. Hakamlarga ortiqcha e'tirozim yo'q. O'yin paytida futbolchilar, murabbiylar hissiyotlarga berilishlari tabiiy holat. Hissiyotlarsiz futbol bo'lmaydi. Bunday holatlar uchrab turadi.

«Qizilqum» kuchli legionerlarga ega jamoa. Buni hamma biladi. Birinchi bo'limda Elgujaning o'zida bir qancha xavfli vaziyatlar yuz berdi. Mahoratli ijrochilari istalgan jamoaga qiyinchilik tug'dira oladi. Bugung ham oldingi chiziq vakillari bizga qarshi munosib to'p tepdi. Navoiy shahri jamoasiga keyingi bahslarda omad va zafarlar tilab qolaman", — deydi Ulug'bek Baqoev.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR