logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 07:08
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari
Tokio-2020. Ikki nafar para suzuvchimiz final yo'llanmasini qo'lga kiritdi

 26 AVGUST, 07:10 34

.

Paralimpiyachilarimizning Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlaridagi ishtiroki davom etadi. Bundan biroz avval 4 nafar para suzuvchimiz S13 klassda 100 metrga chalqancha usulda suzish bo'yicha saralash bahslarida ishtirok etdi.

Jumladan, erkaklar o'rtasida Muzaffar Tursunxo'jaev va Islam Aslanov, ayollar o'rtasida esa Shohsanamxon Toshpo'latova va Nigoraxon Mirzohidova startga chiqdi. Afsuski, yigitlarimizga biroz omad etishmadi va ular saralashda 5- va 6-o'rinlarni egallab, final bosqichiga o'ta olishmadi. Biroq ayollar o'rtasidagi saralash bahslarida qatnashgan ikkala sportchimiz – Shohsanamxon Toshpo'latova hamda Nigoraxon Mirzohidova final bosqich yo'llanmasini naqd qildi. Nigoraxon finishga 2-bo'lib etib kelgan bo'lsa, Shohsanamxon 5-o'rinni egalladi.

Ayollar 100 metrga chalqancha usulda suzish bo'yicha final bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:12 da bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlarini Uzreport TV telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirda tomosha qilishingiz mumkin.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR