logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 06:49
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Chempionlar ligasi. Moldova klubi ilk marta guruh bosqichida ishtirok etadi

 26 AVGUST, 07:05 66

.

Evropa chempionlar ligasining joriy mavsumida guruh bosqichida ishtirok etadigan barcha klublar nomi aniq bo'ldi.

Kecha saralash pley-off bosqichi doirasida 3ta javob uchrashuvi bo'lib o'tdi. «Shaxtyor» o'z maydonida «Monako»ni qabul qildi. Uchrashuvning asosiy vaqtida mehmonlar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Dastlabki o'yinda donetskliklar 1:0 hisobida g'olib chiqishgandi. Safardagi gol qoidasi bekor qilingani uchun navbat qo'shimcha bo'limlarga berildi. Bahs tugashiga 6 daqiqa qolganida urilgan avtogol evaziga "Shaxtyor" keyingi bosqichga yo'l oldi.

Moldovaning "Sherif" klubi esa dastlabki o'yinda Xorvatiyaning "Dinamo" klubini 3:0 hisobida mag'lub etgandi. Zagrebdagi javob bahsida esa hisob ochilmadi. Shu tariqa, Moldova klubi ilk marta EChL guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

Avstriyaning "Zaltsburg" klubi esa javob o'yinida ham "Brondbyu"ni mag'lub etib, guruh bosqichiga yo'l oldi.

Evropa chempionlar ligasi, saralash pley-off bosqichi, javob uchrashuvlari
Shaxtyor Ukraina – Monako Monako 2:2 (0:2, 1:0, 0:0)
Gollar: 0:1 – 18 Ben-Yedder, 0:2 – 39 Ben-Yedder, 1:2 – 74 Marlos, 2:2 – 114, avtogol Agilyar.
Shaxtyor – Pyatov, Dodo, Marlon, Vitao (Krivtsov, 101), Matvienko (Ismaili, 46), Alan Patrik, Solomon (Mudrik, 82), Maykon, Markos Antonio (Stepanenko, 86), Tete (Marlos, 66), Traore (Fernando Pedro, 101).
Monako – Nyubel, Sidibe (Agilyar, 99), Maripan, Badiashile, Kayo Enrike (Yakobs, 117), Golovin (Izidor, 77), Jelson Martinsh (Jan Lukas, 71), Tchuameni (Disasi, 117), Fofana, Ben-Yedder (Diop, 77), Folland.
Dastlabki uchrashuv: 1:0

Dinamo Zagreb Xorvatiya – Sherif Moldova 0:0 (0:0, 0:0)
Dinamo Zagreb – Livakovich, Moxarrami (Kastrati, 62), Teofil-Katrin, Ristovski, Franich, Mishich (Goyak, 84), Ivanushets, Maer, Chop (Yurich, 69), Petkovich, Orshich (Menalo, 85).
Sherif – Atanasiadis, Kostanza, Arboleda, Dulanto, Kristiano, Kolovos (Petro, 74), Till, Addo, Luvannor (Radelich, 88), Traore, Kastaneda (Yansane, 58).
Dastlabki uchrashuv: 0:3

Brondbyu Daniya – Red Bull Avstriya 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 4 Sheshko, 0:2 – 10 Aaronson, 1:2 – 62 Makshe.
Brondbyu – Xermansen, Bruus, Makshe, Borkyaye (Skipper, 59), Tshiembe, Mensa (Gammelbyu, 59), Radoshevich, Greve (Sliman, 59), Frendrup (Rusted, 85), Xedlund (Pavlovich, 78), Ure.
Red Bull – Ken, Kristensen, Veber, Sole, Ulmer, Kamara (Yunuzovich, 66), Zayvald, Suchich, Aaronson (Bernardo, 85), Adeyemi (Berisha, 71), Sheshko (Okafor, 71).
Dastlabki uchrashuv: 1:2

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR