logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 06:33
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
«Metallurg» - «Mash'al» o'yinida mojaro yuz berdi. Har ikki tomon jabrdiyda

 26 AVGUST, 06:40 50

.

O'zbekiston chempionatining 16-turidan o'rin olgan «Metallurg» - «Mash'al» uchrashuvida muborakliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

Bekobodliklar matbuot xizmati mazkur mag'lubiyatga quyidagicha izoh berdi.

"Mag'lubiyatlar ko'payib borayotganligi muxlislarimizni ranjitishi bor gap. Biroq mag'lubiyat bilan mag'lubiyatning farqi bor. Mana ikkinchi uchrashuvdirki, “Metallurg” hakamlarning xatosi evaziga maydonni bosh egib chiqib ketishga majbur bo'lmoqda. “Bunyodkor”ga qarshi o'yinda VARning vaziyatga bemavrud aralashuvi hamda 15-daqiqadayoq maydonda bir kishi kam bo'lib qolgan “Metallurg” mag'lubiyat alamini totgandi. O'yindan keyin O'FA hakamlar qo'mitasi “Metallurg” PFKning “qizil kartochka” bo'yicha norozilik xatini ko'rib chiqib, bekobodliklar foydasiga hukm chiqardi. Qizil kartochka sariqqa aylandi. Ammo natija o'zgarishsiz qoldi-ku.

Endi esa “Mash'al” bilan uchrashuvni boshqarib borgan G'ayrat Jo'raevning “antiqa” qarorlari “Metallurg”ni yana 3 ochkodan mahrum etdi. Namanganlik hakam uchrashuv davomida “Mash'al” darvozasiga ikkita yuz foizlik penaltini belgilamadi. O'yindan keyin hatto “Mash'al” futbolchisining o'zi tan oldi: “Kutilmaganda qo'limga to'p kelib tegdi. Bo'ldi tamom, hozir hakam penalti belgilaydi, dedim. Yo'q, baxtimizga hakam o'yinni davom ettirishni ko'rsatdi”. Bu hisob 1:1 bo'lib turgan bir paytda – 76-daqiqada sodir bo'lgan holat e'tirofi. Birinchi penaltili vaziyat esa 25-daqiqada kuzatilgandi.

O'yin davomida “tizginni qo'ldan chiqarib yuborish”, ketma-ket yanglish qarorlar qabul qilish ehtimol hakamning yoshligi, tajribasizligi bilan izohlanar. Biroq VAR bormayotgan o'yinga yosh hakamning tayinlanishining o'zi xatomasmikin? Biz kelajagi porloq deb, kutayotgan hakamlardan birini “sindirib” qo'ymayapmizmi? Nazdimizda, O'FA hakamlar departamenti bu savolga ham javob izlashi kerakka o'xshaydi. Lekin, nima bo'lganda ham, qanday qaror qabul qilinganida ham bundan “Metallurg”ga engil bo'lmaydi. Jamoa yana g'alabadan – uch ochkodan mahrum bo'lib, musobaqa jadvalida quyiga sho'ng'ishda davom etyapti. Oxiri baxayr bo'lsin...".

Odatda matbuot anjumanidan keyin g'alaba qozongan jamoalarning bosh murabbiylari birinchi bo'lib jurnalistlar huzuriga chiqishi kerak. “Metallurg” – “Mash'al” uchrashuvidan keyin esa muborakliklar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumaniga chiqishni istamadi.

Bunga esa "Mash'al" matbuot xizmati quyidagicha izoh berdi.

"Metallurg" futbol klubi xavfsizlikni ta'minlamangligi uchun "Mash'al" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumaniga qatnashmaydi... ("Metallurg" jamoasi boshlig'i Shavkat Saidov o'yindan keyin Xomyakovga musht tushirgani jonli efir paytida tasvirga tushib qolgan).

O'z uyida «Mash'al»dan tarsaki egan «Metallurg» klubi rahbariyati, «Mash'al» va uning delegatsiyasini murabbiyi va futbolchilari haqorat qildi. U ham kamlik qilgandek bosh murabbiyni kaltaklashdi.  Bunday sharmandali va o'ta xunik xolatga  PFL mas'ullari nima deyisharkin?  Bu borada O'FA dan ham munosabat kutib qolamiz.

Xohlashsa chempionatdan haydashadi. Hammasi kamlik qilayotgandida, endi musht ham tushirishdi. «Metallurg» direktori «Paxtakor» yoki «Lokomotiv» murabbiyiga ham musht tushirib ko'rsinchi. O'zini yuziga darhol tarsaki tushadi!

«Mash'al»ga bo'lgan bugungi sharmandali hurmatsizlikka janoblar qanday chora bilan javob qaytarishini jim turib kuzatamiz!", — deyiladi muborakliklar matbuot xizmati tarqatgan bayonotda.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR