logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:39
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari
Ravshan Ermatov va Srechko Katanets Qashqadaryoda bo'lib, viloyat hokimi bilan uchrashishdi

 26 AVGUST, 06:25 37

.

Bugun Ravshan Ermatov va O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzod Srechko Katanets Qashqadaryoga tashrif buyurib, viloyatdagi futbol klublar va ularning bazalarini ko'zdan kechirishdi.

Sloveniyalik mutaxassis «Nasaf» U21 va U18 jamoalar qarorgohiga klub murabbiylari bilan yurtimiz futboli hamda yosh futbolchilarning potentsiali xususida suhbatlashdi va kelajakda o'zaro hamkorlikda faoliyat olib borishga ishonch bildirdi.

Shundan so'ng Ravshan Ermatov va Srechko Katanets OFK kubogining Markaziy mintaqasi final uchrashuvi doirasidagi «Nasaf» — «Ahal» jamoalari o'rtasidagi bahsni stadiondan kuzatib borishdi.

«Markaziy» stadionda Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev sloveniyalik mutaxassisga milliy urf-odatlarimizga xos mehmondo'stlik ko'rsatdi. Shuningdek, viloyat hokimi O'FA Faxriylar kengashi raisi To'lagan Isoqovni kuni kecha e'lon qilingan “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan muborakbod etdi. Ma'lumki, Qashqadaryo futboli rivojiga hissa qo'shib kelilayotgan taniqli mutaxassis Sergey Kucherenko yaqinda 60 yoshni qarshiladi. Ravshan Ermatov O'FA nomidan Kucherenkoga tashakkurnoma va esdalik sovg'asi topshirdi.


Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR