logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:23
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Jasur Abduraimov: «Futbolni hurmat qilish kerak»

 26 AVGUST, 06:10 28

.

Coca-Cola Superliganing 16-turidan o'rin olgan "Metallurg" — "Mash'al" (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Jasur Abduraimov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

— Bugun juda yaxshi o'ynadik. Zo'r o'yin ko'rsatdik. Ammo himoyada ikkita xatoga yo'l qo'ydik. Bu darvozamizga ikkita golni olib keldi. Mening o'ylashimcha, bolalar harakat qilishyapti. Biroq omadimiz kelmayapti. Kichik xatolarimiz bizga qimmatga tushayapti. Hozir jamoamiz “omadsizlik yo'lagiga” tushib qolgan. Bu inqiroz emas. Bu mening nazarimda sinov. Sinovga esa bardosh berish, chidash kerak, ishlash kerak, mehnat qilish kerak. Men bu fikrimni ko'p bora takrorlayapman, yana aytaman, natijaga erishish uchun o'ynash kerak, qiyinchiliklarga, sinovlarga chidash kerak va ishlash kerak. Umid qilamanki, tez orada natijalarimiz ham yaxshi tomonga o'zgaradi.

— O'yin davomida “Mash'al" futbolchilari to'pni qo'l bilan o'ynagan vaziyatlarga fikringiz qanday?
— Buni o'zingiz ham aytib turibsiz. Men murabbiyman, hakam emasman. Yoki hakamlar qo'mitasida ishlamayman. Bu haqida nima deyishim mumkin? Mening o'ylashimcha, to'p qo'lga tekkandan keyin 11 metrlik jarima berilishi kerak. Shaxsiy fikrim, o'sha vaziyatlarda ham penalti belgilanishi kerak edi. Hakamlar haqida gapirishni istamayman.

— Jamoa belgilanmagan penaltilar bo'yicha shikoyat arizasi yozadimi?
— Albatta yoziladi. Biz buni o'rganib chiqdik. Hakamlar qaydnomasiga ham buni albatta kiritamiz.

— Ammo hisob o'zgarishsiz qolaveradi?
— Ha, shunday. Hisob endi o'zgarmaydi. Takror va takror aytayapman, futbolni hurmat qilish kerak.

— Ixtiyor Toshpo'latovning jamoadan ketishiga sabab nima?
— Ixtiyor Toshpo'latov yaxshi futbolchi. Biz transfer oynasida qanot himoyachiligiga Farrux Ibragimovni oldik. Ixtiyor Toshpo'latovni esa ijaraga berganmiz. Chunki bunday o'yinchi o'yin amaliyotiga ega bo'lishi kerak-ku. U ayni paytda "Turon"da o'ynayapti.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR