"Barselona" jarohat olgan Olmo borasida bir qarorga keldi
17 SENTYABR, 2024, 06:30
"Barselona" yarim himoyachi Dani Olmoning sog'lig'ini xavf ostiga qo'yish niyatida emas.
26 yoshli futbolchi yaqinda "Jirona"ga qarshi o'yinda (4:1) jarohat olgandi. Jurnalist Toni Xuanmartining so'zlariga ko'ra, Olmoning jarohati unchalik jiddiy emas, ammo "Barselona" futbolchini "Bavariya" va "Real" bilan eng muhim o'yinlarda to'liq tiklanishi uchun qaytishga majburlamaydi. Klub hujumkor yarim himoyachini oktyabr oyidagi o'yinlar uchun Ispaniya terma jamoasiga qo'yib yubormaydi.
Dani Olmo 20 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan "Sevilya"ga qarshi o'yinda maydonga qaytishi kutilmoqda. "Bavariya" va "Real" bilan uchrashuvlar o'sha oyning 23 va 27 kunlariga belgilangan.