logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:23
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
OFK kubogi. Ikkita penalti va beshta gol. «Nasaf» Qarshida «Ahal»ni mag'lub etdi

 25 AVGUST, 21:55 59

.

Bugun, Qarshida OFK Kubogi Markaziy Osiyo mintaqasi final bahsi doirasida Qarshining «Nasaf» jamoasi Turkmanistonning «Axal» klubini qabul qildi. Qiziqarli va gollarga boy o'tgan bellashuvda «Nasaf» raqibi ustidan 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Dastlab hisob 30 daqiqada ochildi. Qo'shnilarimiz himoyasidagi pala-partishlikdan unumli foydalangan varshiliklar legioneri Marko Stanoevich ochdi. Oradan 3 daqiqa o'tgandan keyin, chiroyli hujum uyushtirgan «ajdarlar» hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi. Gol muallifi — Andriya Kaluderovich. Birinchi taym so'ngigacha har ikkala jamoa safida ham gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi. Ammo, bo'lim so'ngigacha muxlislar gol ko'rishmadi.
Ikkinchi taym teng kurashlar ostida boshlandi. Biroq, 67 va 74 daqiqalarga kelib, «Ahal» hisobni tenglashtirishga erishdi. Turkmanistonliklarning har ikki goli ham Elman Tagaev nomiga yozildi. Ushbu gollardan keyin yana faollikni oshirgan qarshiliklar chap qanot bo'ylab hujum uyushtirdi. Oybek Bozorovning say-harakatlaridan keyin «ajdarlar» penalti tepish imkoniyatiga ega bo'ldi. Jarima to'pini Husayin Norchaev golga aylantirdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Mazkur hisob uchrashuv oxirigacha o'zgarmadi va «Nasaf» Xplqaro maydondagi yurishini davom ettirdi.

“Nasaf” (O'zbekiston) – “Ahal” (Turkmaniston) 3:2 

Gol: Marko Stanoevich 25, 1:0, Andriya Kaluderovich 32, 2:0, Elman Tagaev 60, 2:1, Elman Tagaev (pen), 69 2:2, Husayn Norchaev (pen) 77, 3:2

"Nasaf": 1.Umidjon Ergashev, 4.Husniddin Aliqulov, 8.Dilshod Saitov, 10.Bahrom Abdurahimov, 19.Husayin Norchaev, 22.Akmal Mozgovoy, 34.Sherzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoevich, 92.Umar Eshmurodov, 99.Andriya Kaluderovich.

"Ahal": 1.Rasul Choriev, 3.Gurbanguli Ashirov, 5.Abdi Bashimov, 7.Elman Tagaev, 9.Mirza Beknazarov, 10.Gurban Annaev, 14.Meylis Diniev, 21.Resul Xojaev, 23.Xoshgeli Xojovov, 29.Serdar Geldiev, 71.Ata Geldiev.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR