logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Alisson Menyan haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi

 17 SENTYABR, 2024, 06:00

"Liverpul" darvozaboni Alisson Bekker "Milan" darvozaboni Mayk Menyan haqidagi savolga javob berdi.

"Rossonerilar"ning "qizillar" bilan uchrashuvi seshanba kuni Chempionlar ligasi doirasida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.

“Menyan ajoyib darvozabon. U uch, to'rt yoki besh yildan beri ajoyib o'ynamoqda. U "Milan"ga qo'shilganidan beri juda yaxshi o'ynadi va Frantsiya terma jamoasida jahon chempioni [Ugo Loris] bo'lgan ajoyib darvozabonni almashtira oldi.

Mayk juda jismonan rivojlangan, tezkor va texnik ko'nikmalarga ega. U dunyoning eng yaxshi o'nta darvozaboni qatoriga kiradi", - deya Alissonning so'zlaridan iqtibos keltiradi Football Italia.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ