Kompani: "Umid qilamanki, "Bavariya" muxlislarining o'z maydonidagi final haqidagi orzusi uzoq vaqt yashaydi"
17 SENTYABR, 2024, 05:48
"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani bo'lajak Chempionlar ligasidan nimani kutayotganini tushuntirdi.
Seshanba kuni myunxenliklar musobaqani o'z maydonida Zagrebning "Dinamo" jamoasiga qarshi o'yin bilan boshlaydi.
Joriy musobaqaning finali 31 may kuni "Bavariya"ning uy stadioni "Alyants Arena"da bo'lib o'tadi.
“Muxlislarning o'z orzulari bor, ular orzu qilishlari mumkin. Men uchun asosiysi maydonda sifat ko'rsatish. Bizni qiyin o'yin kutmoqda. Muhimi, ertaga yaxshi o'ynab, g'alaba qozonishimiz kerak. Umid qilamanki, muxlislarning "Bavariya" uchun uy finali haqidagi orzusi uzoq vaqt yashaydi", - dedi Kompani.