Umar Nurmagomedov: "Bundan hayron qolmadim"
17 SENTYABR, 2024, 00:06
Rossiyalik aralash yakka kurash ustasi Umar Nurmagomedov eng engil vaznda UFC chempioniga aylangan Merab Dvalishvilining so'zlariga munosabat bildirdi.Avvalroq, Merab ilk himoya jangida Umar bilan bahs olib borishni istamasligini, Nurmagomedov hali titul jangiga loyiq emasligini aytib o'tgan edi.
Umar Nurmagomedov esa bunga "Bundan hayron qolmadim", deya munosabat berdi.
Merabning o'zi keyingi jangini braziliyalik Deyvison Figeredoga qarshi o'tkazmoqchi.