Alisson: "Keza darhol o'z fazilatlarini namoyish etdi"
16 SENTYABR, 2024, 23:54
"Liverpul" darvozaboni Alisson Bekker jamoadoshi Federiko Keza haqida gapirdi.
Italiyalik futbolchi avgust oyi oxirida "qizillar" safiga qo'shilgandi.
26 yoshli vinger hali ingliz grandi safida debyut qilgani yo'q, biroq Arne Slot aytganidek, u Chempionlar ligasi doirasidagi «Milan»ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushishi mumkin.
"Keza darhol o'z fazilatlarini namoyish etdi. Meni hayratga solgan narsa uning yuzidagi tabassum edi.
U katta istak bilan keldi. Hayot unga shunday ajoyib klubda o'zi yoqtirgan ish bilan shug'ullanish uchun ajoyib imkoniyat berdi", - deya Alissonning so'zlarini keltiradi jurnalist Janluka di Martsio.