logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

SHaxmat Olimpiadasi. Yigitlarimiz kambek evaziga Isroilni mag'lub etishdi, qizlarimizda esa Niderlandiya bilan durang

 16 SENTYABR, 2024, 23:16

Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi davom etmoqda.

Bugun, 16 sentyabr kuni 6-tur doirasida yigitlarimiz Isroil, qizlarimiz esa Niderlandiya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishdi. 

Erkaklar terma jamoamiz tur doirasida Isroilni 2,5 : 1,5 hisobida mag'lub etishdi. Qizlarimiz esa Niderlandiya bilan 2:2 hisobida durang qayd etishdi. 

Natijalar:

Erkaklar:

O'zbekiston - Isroil 2,5 : 1,5  

Nodirbek Abdusattorov - Maksim Rodshteyn 1:0 

Nodirbek Yakubboev - Ido Gorshteyn 1:0

Javohir Sindarov - Tamir Nabati 0:1

SHamsiddin Vohidov - Ilya Smirin 0,5 : 0,5 


Ayollar:

O'zbekiston - Niderlandiya 2:2

Afruza Hamdamova - Eline Roebers 0,5 : 0,5 

Nilufar Yakubboeva - Jaokin Peng 0,5 : 0,5 

Umida Omonova - Machteld Van Foreest 0:1 

Nodira Nodirjonova - Anna-Maya Kazaryan 1:0 


Ertaga musobaqada dam olish kuni.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ