logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Fevzi Davletov: "Bugun durang adolatliroq bo'lardi"

 16 SENTYABR, 2024, 22:48

OKMK – "Surxon" (1:0) uchrashuvidan keyin, termizliklar ustozi Fevzi Davletov matbout anjumanida qatnashdi va OAV vakillarining savollariga javob berdi.

"Qanday izohlasam bo'ladi bu o'yinni… 16-daqiqada, jamoamizda chetlatish bo'ldi. Lekin, aytishim joiz 1-taymni juda yaxshi o'tkazdik. Gol urishimiz kerak edi. Negaki, ko'p xavfli vaziyatlarni yaratdik. Afsus, vaziyatlardan foydalana olmadik

Ikkinchi bo'limda, himoyada ko'proq o'ynadik. Tabiyki, kamchilik bo'lib o'ynaganimizda futbolchilarda charchoq sezildi. O'zgarishlarni qildik, ammo o'tkazib yuborilgan golda tayanch zonasida xatoga yo'l qo'ydik. O'yindan keyin qilgan mehnati uchun futbolchilarga minnadorchilik bildirdim. Chetlatishdan keyin, ular taslim bo'lishmadi. O'ylaymanki, bugun durang adolatliroq bo'lardi" - dedi Davletov.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ