logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 02:11
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
O'z klubida muhim futbolchiga aylanib ulgurgan yosh iqtidorlar

 25 AVGUST, 17:05 97

.

Yosh iqtidorli futbolchilardan odatda kelajakda ko'p narsa kutiladi va ulardan o'z ustida ko'p ishlash talab etiladi. Chunki ular o'z nomi bilan yosh. Ammo shunday futbolchilar borki, ular kelajakda emas, shu vaqtning o'zidayoq klublari uchun kerakli hisoblanadi. Bu kabi iqtidorlarni hozirgi paytda Evropa futbolida ko'plab uchratishimiz mumkin. Keling, o'z jamoasining bir bo'lagiga aylanib ulgurgan ayrim yosh futbolchilarga to'xtalib o'tamiz. 

Jud Bellingem ("Borussiya Dortmund")

"Borussiya Dortmund" klubi so'nggi yillarda ko'plab iqtidorlarni etishtirmoqda va kashf qilmoqda. Ko'plab yulduz futbolchilarini sotishiga qaramay, dortmundliklar ularga o'rinbosar topa oladi. Ayni damda bu jamoa safida Jud Bellingem ismli yosh yigitcha to'p tepmoqda. U o'z o'yinlari bilan ko'pchilikni hayron qoldirayotgan bo'lsa ajab emas. 2003 yilda tavallud topgan angliyalik futbolchi o'tgan mavsum Bundesligada 29 ta o'yinda maydonga tushdi. Bu mavsumdagi ikki tur ham uning ishtirokisiz bo'lmadi. U allaqachon bu jamoaning muhim o'yinchisiga aylanib ulgurda. Bundan tashqari, nemis klubi uning sotuvidan yaxshigini pul ishlab olishi mumkin. Bu voqea yaqin yillar ichida katta ehtimol amalga oshadi ham. 


Eduardo Kamavinga ("Renn")

Frantsiya chempionatining o'rtamiyona klublarida ham doimiy ravishda yangi yulduzlar etishib chiqadi. Men bilgan ko'plab yulduz futbolchilar "Lill", "Bordo", "Nant", "Monako" va "Renn" kabi jamoalar akademiyalaridan chiqqan. Hozir ko'zga tashlanyotganlar orasida "Renn" yarimhimoyachisi Eduardo Kamavinga yaqqol ajralib turibdi. 18 yosh bo'lishiga qaramay, o'z klubining eng asosiy figuralaridan biri hisoblanadi. U yaqin vaqtlar ichida Evropa grandlari safiga o'tishi kutilmoqda. 


Nunu Mendesh ("Sporting")

So'nggi paytlarda Portugaliyada ko'plab iqtidorlar etishib chiqmoqda. Joau Felish, Diegu Jota, Ruben Diash, Andre Silva kabi katta nomlar bunga yaqqol misol. "Sporting" jamoasi safida Nunu Mendesh tobora o'z o'yinlari bilan ko'pchilikning diqqatini tortmoqda. U ayni damda 19 yoshda va bu jamoa uchun allaqachon 63 ta o'yin o'tkazib ulgurdi. Unga hozir Evropaning ko'plab klublari qiziqish bildirmoqda. Biz uni top-5 chempionatlarda kutib qolamiz. 


Ansumani Fati ("Barselona")

Bir mavsumni jarohati sabab o'tkazib yubolrgan ispaniyalik futbolchi Ansumani Fatiga "Barselona"ning kelajagi sifatida qaralmoqda. Garchi, u biror mavsum o'zini to'liq namoyon eta olmagan bo'lsa ham, baribir potentsial jihatdan yoshiga qaraganda ancha-muncha yaxshiroq natijalar qayd etdi. Agar, jarohat bo'lmaganda, bundan ham ko'p narsani kutishimiz mumkin edi. U hozir jarohatidan deyarli forig' bo'ldi. Ko'ramiz, yangi mavsumda u qanday o'yin ko'rsatar ekan!


Pedri ("Barselona")

"Barselona"da so'nggi paytlarda juda ko'p muammolar vujudga keldi. Messining ketishi, moliyaviy muammolar va ichki kelishmovchiklar va hokazo. Mana shunday muammoli vaziyat paytida ayrim yosh iqtidorli futbolchilar biroz muxlislarni ko'nglini ko'tarishi mumkin. Pedrini hamma tanib ulgurdi. U bir mavsumda 73 ta o'yin o'tkazdi. Maydon markazida almashtirib bo'lmas futbolchiga aylandi. Ispaniya terma jamoasida ham bir qator tajribali futbolchilarni zaxiraga shunchaki mixlab qo'ydi. U nafaqat jamoaning kelajagi, balki, buguni hamdir. Men uning shu yoshida o'zini bunday tutib, tartibli va aqlli darajada futbol ko'rsatishiga shunchaki qoyil qolmoqdaman. Qoyil qolmaslikning iloji ham yo'q!


 

                                                        Xudayqudlov KARIM tayyorladi

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR