"Valensiya" futbolchisi klub tomonidan qo'llanilgan jazoni qabul qildi
16 SENTYABR, 2024, 22:30
Rafa Mir "Valensiya" tomonidan qo'llanilgan jazoni qabul qildi.
Eslatib o'tamiz, ispan klubi futbolchini jinsiy zo'ravonlik gumonlari bilan bog'liq vaziyat tufayli jarimaga tortgan va La Ligada ikki o'yinga diskvalifikatsiya qilgan edi.
Hujumchi jazoni qabul qildi, unga ko'ra u maoshining 7 foizidan 25 foizigacha jarima to'lashga majbur bo'ladi. U shu hafta guruh mashg'ulotlariga qo'shiladi, ammo 21 sentyabr kuni "Jirona"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.
Tribuna Deportiva nashri xabariga ko'ra, "Valensiya" intizomiy ishni yopiq deb hisoblaydi, chunki Mir sanktsiyalarga e'tiroz bildirmagan. Forvard imkon qadar tezroq klub bilan muammoni hal qilmoqchi va kelasi seshanba kuni "Osasuna"ga qarshi o'yinda ishtirok etmoqchi.