logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

"Metallurg" ustozi: "Hakamlik o'yinga mos bo'lmadi"

 16 SENTYABR, 2024, 22:24

Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Olimpik" – "Metallurg" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Qiyin o'yin bo'ldi. Uchrashuv davomida juda ko'p qoidabuzarliklar kuzatildi. Negadir barcha qoidabuzarlikda bitta jamoa foydasini ko'zlab qaror chiqarildi. Hakamlik o'yinga mos bo'lmadi. O'yinni nazorat qilishga intildik. Qarshi hujumda gol o'tkazib yuborganimiz alamli. G'alabaga juda yaqin edik. Vaziyatlar bo'layapti, ammo yakunlashda muammoga duch kelayapmiz. Kuzatayotgan bo'lsangiz, har o'yinda golli vaziyatlar yaratamiz, biroq yakuniy zarbalarga aniqlik etishmayapti.

Bugungi natijadan so'ng "Metallurg"ning Superligada saqlab qolish imkoniyatini qanday baholaysiz?- Nazariy jihatdan imkoniyatimiz bor. Shunday ekan, oxirigacha kurashamiz. Jamoaning maqsadi hozir Superligadagi o'rnimizni saqlab qolishga qaratilgan. Albatta, muddatidan oldin taslim bo'lmaymiz" - dedi Kolosovskiy.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ