"MYu" o'z futbolchisiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi
16 SENTYABR, 2024, 22:18
"Manchester Yunayted" o'ng qanot himoyachisi Amadu Dialloga yaqin oylarda yangi shartnoma taklif qilmoqchi, deb xabar beradi Manchester Evening News.
Futbolchining amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida tugaydi va klubda uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bor.
Agar "Manchester Yunayted" futbolchi bilan ushbu variantni faollashtirish bo'yicha kelishuvga erisha olmasa, unga yangi uzoq muddatli shartnoma taklif qilmoqchi.
Amadu 2021 yilning yanvarida "Atalanta"dan o'tganidan so'ng "mankunianliklar" futbolchisiga aylandi. Bu vaqt ichida klub uni ikki marta - "Reynjers" va "Sanderlend"ga ijaraga berdi.
Joriy mavsumda u 4 ta uchrashuvda 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.