logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:13
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Tokio-2020: 3 nafar para suzuvchimiz medallar uchun kurashadi

 25 AVGUST, 08:50

Tokio shahrida XVI yozgi Paralimpiya o'yinlarining ilk kunida erkaklar o'rtasida 100 metrga batterflyay usulida suzish bo'yicha S13 klassda Muzaffar Tursunxo'jaev va Islam Aslanov, ayolar o'rtasida 100 metrga batterflyay usulida suzish bo'yicha S13 klassda Shohsanamxon Toshpo'latova, Nigoraxon Mirzohidova hamda Muslima Odilova saralash bahsida startga chiqdi.

Quvonarlisi, Islam Aslanov 26.35 soniya vaqt bilan 1-o'rinni egalladi. 26.72 soniya vaqt sarflagan yana bir hamyurtimiz Muzaffar Tursunxo'jaev 3-o'rinni band qildi. Shu tariqa ikkala vakilimiz ham final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Ayollar o'rtasidagi bahslarda Shoxsanamxon Toshpo'latova 30.79 soniya vaqt bilan 1-o'rinni egallagan holda final yo'llanmasini naqd qildi. Afsuski, Nigoraxon Mirzoxidova hamda Muslima Odilova saralashdan o'ta olmadi.

Hamyurtlarimiz ishtirokidagi final bahslari bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:32 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR