logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 07:43
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
«PSJ» Mbappeni sotsa, «Monako» qancha ulushga ega bo'lishiga oydinlik kiritildi

 25 AVGUST, 08:30 242

.

«PSJ» hujumchi Kilian Mbappeni sotadigan bo'lsa, «Monako» anchagina ulushni qo'lga kiritadi.

"Mundo Deportivo" tarqatgan xabarga ko'ra, parijliklar 22 yoshli o'yinchini boshqa jamoaga transfer qilishsa, jamoa "Monako"ga 35 mln evro to'lab beradi. Ushbu summa o'zgarmas bo'lib, "PSJ" uni qanchaga sotishining ahamiyati yo'q. 2017 yilda jamoalar o'rtasidagi tuzilgan shartnomada shunday band qayd etilgan.

Bundan tashqari, o'sha shartnomaga ko'ra, Mbappe "Pari Sen-Jermen" bilan shartnomani uzaytirsa ham, uning sobiq jamoasi 35 million evro oladi.

Eslatib o'tamiz, Kilianning "PSJ" bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi. U faoliyatini "Real"da davom ettirishi kutilmoqda.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR