logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 07:35
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari
«Yuventus» sobiq prezidenti: «Ronaldu qancha erta ketsa, shuncha yaxshi»

 25 AVGUST, 08:25 138

.

«Yuventus» klubi sobiq prezidenti Jovanni Jili "byankoneri" hujumchisi Krishtianu Ronaldu tez orada jamoani tark etishiga umid qildi.

«Men bu masalada hamisha o'z fikrimni ochiq aytganman. Ronaldu bilan shartnoma imzolash xato bo'lgan. Bunday xarajatlar o'zini oqlashi juda qiyin ish. Ammo endi hech narsani o'zgartirib bo'lmaydi.

U daho futbolchi, ammo men ochig'ini aytishim kerak — u qancha tez ketsa, o'zi uchun ham, «Yuventus» uchun ham shuncha yaxshi.

Umid qilaman, Massimiliano Allegri Ronaldudan qanday foydalanishni yaxshi biladi. Krishtianu «Yuventus»ning hujumiga xalal beradi. U maydonda bo'lmasa, jamoa maydonda ajoyib ishlarni amalga oshirishi mumkin», — dedi Jili.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR