"Real Madrid" top futbolchini 100 million evroga sotib olishi mumkin
16 SENTYABR, 2024, 19:18
Madridning “Real” klubi Toni Kroos faoliyatini yakunlaganidan keyin yangi pleymeykerga muhtoj. Bu faktni inobatga olsak, Madrid klubi “Bayer” futbolchisi Florian Virtsni o'z radarida ushlab turibdi.
Nufuzli Transfermarkt portali hozirda 21 yoshli Virtsni 130 million evroga baholamoqda. Shu bilan birga, germaniyalik futbolchining haqiqiy narxi 100 million bo'lishi mumkin.
Manbaga ko'ra, "Real" yaqin kelajakda Xabi Alonso bilan birga "Bayer"dan Virtsni ham taklif qilishi mumkin.