logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:17
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Chempionlar ligasi. Guruh bosqichiga chiqqan 3ta jamoa nomi aniq bo'ldi

 25 AVGUST, 06:00

Evropa chempionlar ligasining saralash pley-off bosqichi doirasida 3ta javob uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Niderlandiyaning "PSV" klubi o'z maydonida Portugaliyaning «Benfika»sini qabul qildi. Mezbonlar bahsning 32-daqiqasidan boshlab bir kishi ko'p bo'lib o'ynay boshlaganlariga qaramay raqib darvozasiga yo'l topa olishmadi. "Benfika" esa dastlabki o'yinda qozonilgan g'alaba (2:1) evaziga guruh bosqichiga yo'l oldi. "PSV" o'z ishtirokini Evropa ligasi guruh bosqichida davom ettiradi.

Shveytsariyaning "Yang Boyz" klubi esa bir kishi ko'p bo'lib o'ynashdan samarali foydalandi. Jamoa Vengriyada "Ferentsvarosh"ni mag'lub etib, EChLning guruh bosqichiga chiqdi.

«Ludogorets» o'z uyida «Malmyo»ni mag'lub etdi (2:1), ammo dastlabki uchrashuvdagi mag'lubiyat (0:2) tufayli Chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqa olmadi.

Evropa chempionlar ligasi, pley-off raundi, javob uchrashuvlari
PSV Niderlandiya – Benfika Portugaliya 0:0 (0:0, 0:0)
PSV – Drommel, Mvene (Tomas, 90), Ramalo, Boskali (Obispo, 70), Maks (Teze, 89), Gettse, van Ginkel (Bruma, 70), Sangare, Zaxavi, Gakpo, Madueke (Vertessen, 70).
Benfika – Vlaxodimos, Jilberto (Almeyda, 61), Otamendi, Verissimo, Morato, Grimaldo, Taarabt (Vertongen, 54), Joau Mariu (Everton, 74), Rafa Silva (Meyte, 74), Vaygl, Yaremchuk (Gonsalu Ramush, 61).
Chetlatish: Verissimo (32).
Dastlabki o'yin: 1:2

Ferentsvarosh Vengriya – Yang Boyz Shveytsariya 2:3 (2:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 4 Tseziger, 1:1 – 18 Uingo, 2:1 – 27 Mmae, 2:2 – 56 Fassnaxt, 2:3 – 90 Mambimbi.
Ferentsvarosh – Dibus, Uingo, Blajich, Kovachevich, Chivich, Sakariassen (Lonchar, 76), Somalia (Mak, 86), Laiduni, Boli (Zubkov, 71), Mmae, Uzuni.
Yang Boyz – fon Ballmos, Maseras, Tseziger, Kamara, Garsiya, Fassnaxt, Ngamale, Martins Pereyra, Serro (Ebisher, 62), Sebatsho (Mambimbi, 85), Elia (Lauper, 85).
Chetlatish: Laiduni (64).
Dastlabki o'yin: 2:3

Ludogorets Bolgariya – Malmyo Shvetsiya 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 10 Nedyalkov, 1:1 – 42 Birmanchevich, 2:1 – 60, penalti Sotiriu.
Ludogorets – Kaxlina, Ikoko (Sisino, 46), Plastun, Verdon (Jozue Sa, 63), Nedyalkov, Badji (Aleks Santana, 46), Vanderson (Tshibota, 74), Gonsalves, Kauli (Yankov, 31), Sotiriu, Despodov.
Malmyo – Dalin (Diavara, 40), Nilsen, Brursson, Ahmedxodjich, Berget, Riks, Kristiansen, Levitski (Rakip, 90), Innosent, Birmanchevich, Cholak (Abubakari, 90).
Dastlabki o'yin: 0:2

25 avgust, chorshanba
Dinamo Zagreb Xorvatiya – Sherif Moldova
Dastlabki o'yin: 0:3

Brondbyu Daniya – Red Bull Avstriya
Dastlabki o'yin: 1:2

Shaxtyor Ukraina – Monako Monako
Dastlabki o'yin: 1:0

Manba: stadion.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR