logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:32
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Ronaldu faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin

 25 AVGUST, 05:55 123

.

Krishtianu Ronaldu yozgi transferlar oxiriga qadar «Yuventus»ni tark etishi mumkin.

36 yoshli hujumchining agenti Jorje Mendesh "Manchester Siti" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Ayni vaqtda ehtimoliy transferning amalga oshishi mushkul ko'rinmoqda, deya yozadi jurnalist Janluka Di Marzio.

"Keksa sinyora" portugaliyalikning transferidan 25-30 mln evro ishlab olishni istamoqda. «Shaharliklar» to'liq summani to'lashmoqchi emas. Ronaldu bilan shartnoma imzolashdan oldin, «Siti» dastlab Rahim Sterlingni sotishiga to'g'ri keladi.

Shuningdek, «Yuventus» qiziqayotgan Gabriel Jezus ishtirokidagi almashinuv varianti ham bor, ammo Angliya klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola uni qo'yib yuborishni xohlamayapti.

Oldinroq, Ronaldu ehtimoliy transfer yuzasidan "Manchester Siti" futbolchilari bilan gaplashgani ma'lum bo'lgandi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR