Miriam Bulgaru bosh sovrinni vatanida olib qoldi
16 SENTYABR, 2024, 18:48
Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida tennis bo'yicha WTA 125 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tdi.Musobaqa bosh sovrini mezbon tennischi Miriam Bulgaruga nasib etdi. WTA reytingida 202-pog'onadan joy olib turgan rumin tennisi malikasi hal qiluvchi final bahsida o'zidan uch pog'ona yuqorida borayotgan lixtenshteynlik Katinka fon Dayxmanndan uch set natijasiga ko'ra ustun keldi - 6/3, 1/6, 6/4.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi sifatida tarixga kirdi. Ikki soatu uch daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham eys zarbasini amalga oshira olmadi. Bulgaru 5, fon Dayxmann 2 ta qo'shxatoga yo'l qo'ygan. Breyklar bo'yicha mutlaqo tenglik - 4 ga 4! O'z uyidagi tarixiy g'alaba Bulgaruga 125 reyting ochkosi hamda 15,000 AQSH dollari keltirdi.
Manba: olamsport.com